21-10-2025 12:56

Bunga sabab quruvchi Garri Maklou talab qilgan fasadning oq rangi bo‘lishi mumkin. Beton aralashmasining o‘zgartirilgan tarkibi binoning mustahkamligini zaiflashtirgani ehtimoli bor. Bu boradagi xavotirlar qurilish boshlanishidan oldin ham bildirilgan.
Qurilish muhandisi Stiv Bonjornoning ta’kidlashicha, shikastlanishlar dastlab ko‘zda tutilmagan ortiqcha o‘g‘irlikdan dalolat beradi. “To‘qqiz xonali summa”ga tushishi mumkin bo‘lgan ta’mirlashsiz bino yashash uchun yaroqsiz yoki piyodalar uchun xavfli bo‘lib qolishi mumkin.
Binoda yashovchilar 2017-yildayoq suv sizib chiqishi, chiqindilar quvuri orqali keladigan kuchli shovqin, past energiya samaradorligi va boshqa muammolar haqida shikoyat qila boshlagan. 2021-yilda ular birinchi sud da’vosini topshirgan, keyinchalik esa 165 million dollarlik kompensatsiya talab qilgan.
Bino balandligi 425,5 metr bo‘lib, u Park Avenue, 432 manzilida joylashgan. Bu osmono‘par bino Manxettendagi eng taniqli “qalam shaklidagi” binolardan biriga aylangan. CNN ma’lumotlariga ko‘ra, bu yerda xonadon sotib olganlar orasida qo‘shiqchi Jennifer Lopes va xitoylik biznesmen Ye Tszyanmin ham bor.
