21-10-2025 09:37

Nashr ma’lumotiga ko‘ra, politsiya hududga borib, ob’ektning kelib chiqishini o‘rganishni boshlagan. Jism aholi uchun xavf tug‘dirmagan, ammo uning kelib chiqish manbasi hanuz sir bo‘lib qolmoqda. Avstraliya Transport xavfsizligi byurosi ob’ektning tijorat aviatsiyasi bilan bog‘liq emasligini tasdiqlagan. Birinchi ekspertizalar natijalariga ko‘ra, u uglerod tolasidan yasalgan raketaning baki yoki yuqori bosimli idish bo‘lishi mumkin. Bu esa uni “aerokosmik paydo bo‘lish elementiga o‘xshash” ekanini anglatadi.
Ijtimoiy tarmoqlarda e’lon qilingan fotosuratlarda katta kupol shaklidagi ob’ekt qizil qum ostida yonib turgani ko‘rinadi. Guvohlarning so‘zlariga ko‘ra, keyinchalik u to‘liq yonib ketgan. Politsiyaning xabar berishicha, ob’ektda kosmik chiqindilarning belgilari bor. Hozirda Avstraliya kosmik agentligi hamda o‘t o‘chirish va favqulodda vaziyatlar bo‘limi mutaxassislari hamkorlikda tergov olib bormoqda.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq ijtimoiy tarmoqlarda Xorazm viloyatining Bog‘ot tumanidagi uylardan biriga asteroid tushgani haqida xabarlar tarqalgandi. Hodisa sodir bo‘lgan manzilda Ichki ishlar boshqarmasi hamda Favqulodda vaziyatlar boshqarmasining maxsus laboratoriya xizmatlari tomonidan o‘rganish ishlari olib borilgan. O‘rganishlar davomida hodisa joyida hech qanday fazo jismlari yoki portlash xususiyatiga ega moslamalarning qoldiqlari aniqlanmagan.
