02-10-2025 11:20

CBS News xabar berishicha, mahalliy vaqt bilan taxminan 22:00 da 5155-reysning qanoti 5047-reysning fyuzelyaj qismiga tegib ketgan. To‘qnashuv oqibatida bir nafar bort kuzatuvchi yengil tan jarohati olgan va tibbiyot xodimlari tomonidan ko‘rikdan o‘tkazilgandan so‘ng shifoxonaga olib ketilgan.
Ma’lum qilinishicha, 5155-reys bortida 32 kishi — 28 nafar yo‘lovchi va 4 nafar ekipaj a’zosi bo‘lgan. 5047-reysda esa 61 kishi — 57 yo‘lovchi va 4 ekipaj a’zosi safar qilgan. Hodisa ortidan yo‘lovchilar samolyotdan tushirilib, avtobuslarda terminalga olib kelingan va ular uchun mehmonxonalardan joy ajratilgan.
CBS News muxbiri 5047-reys bortida bo‘lib, to‘qnashuvda ikkinchi samolyot qanotining shikastlanganini mobil telefon kamerasida tasvirga olgan. Videoda uchuvchilardan biri yo‘lovchilarga murojaat qilib: «O‘ylashimcha, boshqa samolyot bizga urib yubordi», — deya izoh bergan.
Hozircha to‘qnashuv sabablari ochiqlanmagan. Aviakompaniya yo‘lovchilarning manzillariga yangi reyslar orqali yetib borishi uchun zarur choralarni ko‘rayotganini ma’lum qildi.
24 sentyabr kuni Sheremetevo aeroportida «Rossiya» aviakompaniyasining FV 6097 Moskva – Sankt-Peterburg reysi uchishga tayyorgarlik jarayonida yo‘lakda Xitoyning «Hainan Airlines» aviakompaniyasiga qarashli Airbus A330 samolyoti bilan to‘qnashib ketgan edi.
