04-09-2025 12:12
Bu haqda Rossiya Fanlar akademiyasi Koinot tadqiqotlari instituti Quyosh astronomiyasi laboratoriyasi va Rossiya Fanlar akademiyasining Sibir bo‘limining Quyosh-Yer fizikasi instituti ma’lum qildi, deb xabar berdi tass.ru.
“Avgust oyi uchun olingan ma’lumotlarga ko‘ra, Quyosh sikli ketma-ket uchinchi oy o‘sib bormoqda va 2025 yilning may oyidan boshlab deyarli 70 foizga o‘sdi va 2024 yil boshidagi darajaga qaytdi”, deyiladi hisobotda.
Olimlarning qayd etishicha, shu fonda Quyosh faolligining ikkinchi cho‘qqisiga 2025 yilda yoki kelasi yilning boshida chiqishi ehtimoli haqida yana munozaralarga kirishildi.