Isroil G‘arbiy sohildagi reyd davomida qariyb 447 ming dollarni musodara qildi
27-08-2025 11:36
Isroil armiyasi tortib olingan pullarni “terror mablag‘lari” deb atamoqda. Yahudiy harbiylari 26-avgust kuni Ramalloh shahridagi valyuta ayirboshlash shoxobchasiga hujum uyushtirgan. Hodisada tinch aholi vakillari ham halok bo‘lgan.
“Isroil harbiylari AQSH dollari, Iordaniya dinori, yevro va boshqa xorijiy valyutalarida umumiy qiymati taxminan 1 528 832 shekel (447 ming dollar) bo‘lgan mablag‘larni musodara qildi”, deyiladi xabarda.