05-08-2025 07:29
Qayd etilishicha, ushbu holat nafaqat mahalliy poyezdlar, balki kamida 17 ta xalqaro Eurostar poyezdining Bryussel, Amsterdam va London yo‘nalishlarida harakatlanishini to‘xtatgan yoki kechiktirgan.
Fransiyaning SNCF milliy temiryo‘l kompaniyasi holat bo‘yicha izoh berib, poyezdlar harakati bugun, 5-avgust kuni tiklanishiga umid bildirgan. Kompaniyaga ko‘ra, elektr uzilishi Val-d’Uaz departamentidagi Mussi uchastkasida sodir bo‘lgan. Avariya sababi aniqlangan, biroq katta hajmdagi ta’mirlash ishlari talab etiladi.
SNCF yo‘lovchilarga imkon bo‘lsa, safarni kechiktirishni tavsiya qilmoqda. Barcha chiptalarni bepul qaytarish yoki almashtirish imkoniyati mavjud.
“Euronews”ning qayd etishicha, bu holat Yevropaning eng gavjum xalqaro temiryo‘l yo‘nalishlaridan birida, yozgi sayyohlik mavsumining qizg‘in pallasi paytida yuz bergan.
Eslatib o‘tamiz, shu yilning aprel oyida Ispaniyada katta ko‘lamli elektr uzilishi sodir bo‘lgan edi. O‘shanda elektr tarmog‘idagi nosozliklar jamoat transporti, svetoforlar va telefon aloqasi ishini izdan chiqargan, poyezdlar harakati deyarli to‘xtab qolgan.