31-10-2025 11:44

Ikkinchi o‘rindan yozda “Tottenhem”dan “Los-Anjeles” klubiga o‘tgan Son Hyon Min joy olgan. Janubiy koreyalik futbolchi yiliga 11,2 million dollar maosh oladi. Kuchli uchlikni “Inter Mayami” yarim himoyachisi Serxio Buskets (8,8 million dollar) yakunlaydi. Shuningdek, Migel Almiron (“Atlanta Yunayted”, 6,1 mln dollar) va Irving Losano (“San-Diyego”, 6 mln dollar) kabi futbolchilar kuchli uchlikdan joy olgan.
MLS klublari orasida futbolchilar maoshiga eng ko‘p xarajat qilayotgan jamoa — “Inter Mayami”. Mazkur klub bu uchun rekord darajadagi 48,97 million dollar sarflaydi. Ikkinchi o‘rinda “Los-Anjeles” (30,1 mln dollar), uchinchi o‘rinda esa “Atlanta” (28,48 mln dollar) joy olgan. Maoshlar uchun eng kam sarflaydigan klub esa “Monreal Impakt” bo‘lib, u futbolchilar uchun yiliga atigi 12,92 million dollar to‘laydi.
