30-10-2025 13:57

Manbaga ko‘ra, “Siti” Joau Neveshni Rodrining o‘rnini bosuvchi futbolchi sifatida ko‘rmoqda. So‘nggi haftalarda ispaniyalik yarim himoyachi jarohati sababli bir nechta o‘yinlarda maydonga tusha olmayapti, mazkur holat ortidan klub Rodriga o‘rinbosar qidirish ishlari boshlab yuborgan.
Biroq “PSJ” futbolchini sotmoqchi emas. Chunki Joau Nevesh Luis Enrike jamoasining asosiy futbolchilaridan biri sanaladi. Shu sabab parijliklar katta miqdordagi takliflarga ham rad javobini berib kelmoqda.
Xabarlarga ko‘ra, “Siti” uchun bu transfer oson kechmasligi mumkin. Faqat futbolchining o‘zi klubni tark etishga qaror qilsa yoki Pep Gvardiola bilan ishlash istagini bildirse, bitim amalga oshishi ehtimoli ortadi.
21 yoshli Neveshning “PSJ” bilan amaldagi shartnomasi 2029-yil yozigacha tuzilgan. Transfermarkt portali uning qiymatini 90 million yevroga baholamoqda. Joriy mavsum portugaliyalik futbolchi jami 5 ta o‘yinda maydonga tushib, o‘z hisobiga 3 ta gol yozdirib qo‘ygan.
