Toshloq tumanida yashovchi fuqaroning boshqaruvida bo‘lgan Damas avtomobili ehtiyotsizlik oqibatida Farg‘ona kanaliga tushib ketgan.
FVV qutqaruvchilari zudlik bilan hodisa joyiga yetib borib, maxsus texnika va qutqaruv asbob-anjomlari yordamida avtomobilni kanaldan chiqarib olgan. Avtomobilda haydovchi bilan birga ikki nafar voyaga yetmagan farzandi bo‘lgan.
Hodisa oqibatida tan jarohati olgan va halok bo‘lganlar yo‘q.