Milliy sog‘liqni saqlash xizmati ularga davlat yo‘llanmasini bermaydi. Xususan, Suffolk pen Norfolk kabi hududlarda odamlar azob chekmoqda.
Britaniya stomatologiya assotsiatsiyasi ma’lumotlariga ko‘ra, yangi ro‘yxatga olingan bemorlarning 97 foizi Milliy sog‘liqni saqlash xizmatining yo‘llanmasi orqali davlat stomatologi qabuliga yozila olmaydi.
Mark Jons - Suffolk shahridagi “Suffolkdagi tishsizlar” inson huquqlari tashkiloti asoschisi. U mutasaddilarni ushbu tashvishli masalaga e’tibor qaratishga chaqiradi. Jonsning ta’kidlashicha, aholi stomatologik yordam yetishmasligi tufayli har kuni azob chekmoqda.
“Hukumat stomatologiya sohasida islohotlar zarurligini tushunsa-da, hech narsa qilmayapti”, - deya shikoyat qildi u.
Yashillar partiyasi rahbari Adrian Ramsay va parlament deputati Ueyvni-Velli hukumatni Milliy sog‘liqni saqlash xizmati bilan ishlaydigan stomatologlarning shartnomalarni bekor qilishga chaqirdi. Chunki ular aholining tishlar sog‘lomligini saqlashga bo‘lgan ehtiyojlarini qondirmaydi.
Hukumat rasmiylari stomatologiya xizmatlarini tartibga solish uchun qo‘shimcha 700 000 qabul tayinlashga va’da berishdi. Ammo odamlar bu hali ham yetarli emasligini aytishadi.
Jons hukumatni vaziyat keskinlashmasdan oldin qat’iy choralar ko‘rishga chaqirdi.
“Haqiqiy islohotlarsiz bema’ni gaplarning foydasi yo‘q. Stomatologik yordam yo‘qligi sababli bemorlarning kasal tishlarini o‘zlari olishdan boshqa iloji yo‘q ", - deydi u.