AQSHning yangi saylangan prezidenti Donald Tramp Pem Bondini bosh prokuror lavozimiga nomzod sifatida ko‘rsatdi, deb xabar beradi NBC News.
Donald Tramp Pem Bondini “giyohvand moddalar savdosi”ga qarshi kurash borasidagi faoliyati uchun maqtadi. 2011-2019 yillarda Florida shtatining bosh prokurori lavozimida ishlagan Pem Bondi avvalroq Donald Trampning opioid inqirozini tugatish va giyohvandlikka qarshi kurash komissiyasida ishlagan.
Hozirda u «Ballard Partners» lobbi firmasining hamkori bo‘lib, u yerda firmaning tartibga solish bo‘yicha amaliyotiga rahbarlik qiladi.
Pem Bondi Donald Tramp bilan uzoq yillik biznes aloqalariga ega. U 2016 yilgi Respublikachilar qurultoyida demokrat nomzod Hillari Klintonga qarshi gapirgan va Donald Trampning impichment bo‘yicha birinchi sudida ham ishtirok etgan.