Olimlar iqlim o‘zgarishi dovullarni tezlashtiradi degan xulosaga kelishdi: so‘nggi olti yil ichida Atlantika bo‘ronlarining tezligi o‘rtacha 29 km/soatga oshdi. Bu okean suvlarining isishi bilan bog‘liq, deb xabar beradi BILD.
Environmental Research: Climate jurnalida chop etilgan tadqiqot shuni ko‘rsatdiki, 2019 va 2023 yillar oralig‘ida shamol tezligining oshishi sababli 40 ta dovul Saffir-Simpson shkalasi bo‘yicha bir toifaga ko‘tarilgan.
- Atlantika okeanining harorati Selsiy bo‘yicha 2-3 darajaga, ayrim joylarda 4 darajagacha isigan. Dovullar iliq suvdan quvvatlanadi, bu esa ularning kuchini oshiradi, deydi tadqiqotning yetakchi muallifi, iqlimshunos Deniyel Gifford.
Uning so‘zlariga ko‘ra, 5-toifadagi dovul 1-toifadagi dovuldan taxminan 400 barobar ko‘proq zarar keltiradi.
Bu yilgi eng halokatli dovullar orasida iqlim o‘zgarishi tufayli tezligi 26 km/soatdan 39 km/soatgacha ko‘tarilgan Beril, Xelen va Milton dovullari bor. AQSH Milliy okean va atmosfera ma’muriyati iqlim o‘zgarishi tornadolarni keltirib chiqargan Milton kabi dovullarning bir-biriga o‘zaro ta’sir ko‘rsatishini ta’kidlaydi.