Rossiya Pentagonni raketa zarbasidan ogohlantirgan
22.11.2024 16:03
Moskva Pentagonni Ukrainadagi harbiy mojaroda o‘rta masofaga uchuvchi ballistik raketalar qo‘llanishi haqida ogohlantirgan, deb xabar bermoqda AQSH Mudofaa vazirligi.
“Rossiya haqiqatda o‘rta masofaga mo‘ljallangan ballistik raketani sinovdan o‘tkazdi. Men buni tasdiqlay olaman. Ushbu raketa Rossiyaning RS-26 "Rubej" qit’alararo ballistik raketasi modeliga asoslangan. Qo‘shma Shtatlar yadroviy tahdidlarni kamaytirish kanallari orqali uchirilishidan oldin xabardor qilindi", – dedi Pentagon matbuot kotibi o‘rinbosari Sabrina Singx.
Sabrina Singxning so‘zlariga ko‘ra, bunday qurol Ukrainadagi jang maydonida birinchi marta qo‘llanilmoqda, bu esa Qo‘shma Shtatlarni xavotirga solmoqda.
Mojaro kuchayganiga qaramay, Mudofaa vazirligi shu hafta AQSH Ukrainaga minalar yetkazib berayotganini tasdiqladi.
Avval xabar qilinganidek, Rossiya jangovar sharoitda ballistik raketani sinovdan o‘tkazdi.