03-11-2025 13:25

Islombek Ismoilov boshqaruvidagi O‘zbekiston o‘smirlar terma jamoasi 2025-yilgi FIFA U-17 Jahon chempionatining “J” guruhida Paragvay, Irlandiya va Panama o‘smirlar terma jamoalariga qarshi bahs olib boradi.
Yo‘llanma: U-17 Janubiy Amerika chempionati — 5-o‘rin Mundialdagi ishtirok: 5 Eng yaxshi natija: Chorak final (1999, 2019) Murabbiy: Mariano Uglessich E’tiborga loyiq o‘yinchi: Alan Ledesma
Ledesma U-17 Jahon chempionati yo‘llanmasini qo‘lga kiritishda Paragvay jamoasining muhim o‘yinchisi bo‘lgan. Jamoa sardori sifatida u maydon markazida o‘yinni boshqaradi va kurashuvchanligi bilan ajralib turadi. Shuningdek, U-17 Janubiy Amerika chempionatida Paragvay ikkita marta penaltilar seriyasida g‘alaba qozongan va ularda Alan o‘z zarbasini aniq amalga oshirib, jamoasining g‘alabasiga hissa qo‘shdi.
Yo‘llanma: KONKAKAF U-17 saralash bosqichi — guruh g‘olibi Mundialdagi ishtirok: 3 Eng yaxshi natija: 1/8 final (2011) Murabbiy: Leonardo Pipino E’tiborga loyiq o‘yinchi: Estevis Lopes
Chap qanot hujumchisi — Lopes murabbiy Leonardo Pipinoning tizimida muhim o‘rin tutadi. U KONKAKAF U-17 saralash bosqichida Panamaning uchta golida qatnashgan, ijodkorligi hamda aniq va kuchli zarbasi bilan o‘yinni jamoasi foydasiga o‘zgartira oladi. Hozirda u Panamaning “Costa del Este” klubidan “River Pleyt” yoshlar jamoasi o‘tib, ijara asosida to‘p tepmoqda.
Yo‘llanma: UEFA U-17 Yevropa chempionati final bosqichi qatnashchisi Mundialdagi ishtiroklar: 0 Eng yaxshi natija: Yo‘q Murabbiy: Kolin O‘Brayn E’tiborga loyiq o‘yinchi: Jeyden Umeh
Tezkor, ijodkor va gol urishga moyil hujumchi Umeh Portugaliyaning “Benfika” klubi safida to‘p tepadi. U 2024-yilda Portugaliyaga ko‘chib o‘tgan. Irlandiya bosh murabbiyi Kolin O‘Braynning aytishicha, “Benfika” akademiyasiga qo‘shilgach, Jeydenning o‘yinida sezilarli darajada o‘sish kuzatilgan. Umehning akasi Franko ham professional futbolchi bo‘lib, hozir Irlandiya U-21 terma jamoasida o‘ynaydi.
Eslatib o‘tamiz, 17 yoshgacha futbolchilar o‘rtasidagi FIFA Jahon chempionati joriy yilning 3–27-noyabr kunlari Qatar yashil maydonlarida bo‘lib o‘tadi. O‘zbekiston U-17 terma jamoasi turnir doirasidagi ilk uchrashuvni 5-noyabr kuni Paragvayga qarshi o‘tkazadi.
