29-10-2025 12:48

Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi, Iqtisodiyot va moliya vazirligi hamda Sog‘liqni saqlash vazirligining tegishli qo‘shma qarori bilan «Umumta’lim muassasalarida sinflarni komplektlash hamda tarifikatsiya ro‘yxatlarini shakllantirish tartibi to‘g‘risida»gi Nizomga o‘zgartirishlar kiritildi. Unga ko‘ra:
2026-yil 1-avgustdan boshlab o‘qituvchilarga dars soatlari quyidagi ko‘rsatkichlarning ustuvor ketma-ketligi asosida taqsimlanadi:
Boshlang‘ich sinflarda dars soatlarini taqsimlashda o‘qituvchining boshlang‘ich ta’lim mutaxassisligiga egaligi yoki ushbu fanni boshlang‘ich sinflarda o‘qitish metodikasi bo‘yicha ta’lim olganligi inobatga olinadi.
