Oʻtgan 5 yilda 13 ming 500 dan ortiq kompyuter sinf xonalari 200 mingta zamonaviy kompyuter bilan taʼminlandi. Kelgusi yil yana 2 mingdan ziyod kompyuter sinflari yangilanadi, bunga byudjetdan 400 milliard soʻm beriladi.
Ayni paytda davom etayotgan Prezidentning ta’lim sohasi vakillari bilan muloqotida bugungi kunda barcha soha va tarmoqlardagi islohotlar inson qadri, uning huquq va manfaatlarini ta’minlashga qaratilayotgani ta’kidlandi.