22-06-2025 05:20
"Bugun ertalab yuz bergan voqealar g‘ayriinsoniydir va uzoq muddatli oqibatlarga olib keladi. BMTning har bir a’zosi bu nihoyatda xavfli, noqonuniy va jinoyatkorona harakatdan tashvishga tushishi kerak", — deb yozdi Aroqchi X ijtimoiy tarmog‘idagi sahifasida.
"BMT Nizomida belgilangan, o‘zini mudofaa qilish huquqini ko‘zda tutuvchi qoidalarga muvofiq, Eron o‘z suvereniteti, manfaatlari va xalqini himoya qilish uchun barcha imkoniyatlarini saqlab qoladi", — deya qo‘shimcha qilidi Eron TIV rahbari.
Shu bilan birga, Eronning BMTdagi doimiy vakolatxonasi Qo‘shma Shtatlarning Erondagi yadro obyektlariga uyushtirgan hujumlari yuzasidan BMT Xavfsizlik Kengashining shoshilinch yig‘ilishini chaqirishni talab qildi.