23-10-2025 08:32

Nashrga ko‘ra, mamlakat parlamenti o‘smirlar uchun ijtimoiy tarmoqlardan foydalanishni cheklovchi qonun loyihasini ko‘rib chiqmoqchi. Unga ko‘ra, 16 yoshdan kichik bolalarga ijtimoiy tarmoqlardan foydalanish taqiqlanadi, Facebook va TikTok kabi kompaniyalar esa foydalanuvchilarning yoshini tekshirish majburiyatiga ega bo‘ladi.
Shu kabi hujjat allaqachon Avstraliyada kuchga kirgan, Yangi Zelandiya Milliy partiyasi deputati Ketrin Uedd esa qo‘shni davlat namunasi asosida bu qonunni mamlakat parlamentiga ham kiritishni taklif qilgan. Partiyaning ayrim a’zolari bu tashabbusni qo‘llab-quvvatlagan, biroq boshqa amaldorlar betaraf pozitsiyada qolgan.
Bosh vazir Kristofer Laksonning aytishicha, ijtimoiy tarmoqlardan haddan tashqari ko‘p foydalanish o‘smirlarga salbiy ta’sir ko‘rsatib, ularda stress, tazyiq (bulling) va o‘z-o‘zini baholash muammolarini keltirib chiqaradi.
Qonun loyihasining parlamentda muhokamasi qachon boshlanishi hozircha noma’lum. Ijtimoiy tarmoqlarning yoshlar ongiga ta’siri bo‘yicha hisobot 2026 yil boshida tayyor bo‘lishi kutilmoqda.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Tojikiston parlamenti deputati Dilnoza Ahmadzoda 14 yoshgacha bo‘lgan bolalarga ijtimoiy tarmoqlardan foydalanishni butunlay taqiqlashni, o‘smirlar foydalanishini esa qat’iy nazorat ostiga olishni taklif qilgandi.
