10-09-2025 08:34
Acta Psychologica jurnalida e’lon qilingan tadqiqot natijalariga ko‘ra, biror voqelikni uzluksiz kuzatadigan odamlar keyinchalik ular haqida tez-tez o‘ylab yuradi. Olimlar buni “retrospektiv tasavvur” deb ataydi. Bunda miyaning tomosha tugaganidan keyin ham voqealarni qayta tahlil qiladi.
Mazkur jarayon orqali odamlar ta’sirli kadrlarni qayta ko‘z oldiga keltirishi, qahramonlarning qarorlarini muhokama qilishi yoki filmning boshqa yakunlarini avvaldan taxmin qilishi mumkin. Tadqiqot shuni ko‘rsatadiki, seriallar inson e’tiborini kitoblarga qaraganda kuchliroq jalb qiladi: dramatik voqealar chuqurroq mulohazaga undasa, komediyalar xotira uchun javob beradigan miya qismini faollashtiradi.
Shuningdek, sevimli seriallar odamga ruhiy taskin ham beradi. Hayotda biror narsa izidan chiqib ketsa, tanish voqealar va qahramonlar orqali inson o‘zini xotirjamroq his qilishi mumkin.
Tadqiqotdan ma’lum bo‘ladiki, seriallar ko‘rishga vaqt topadigan shaxslar ruhiyati sog‘lomroq bo‘ladi va har bir hikoyani chuqurroq anglay oladi. Doimiy band va kundalik hayoti stressga to‘la odamlarda esa buning aksi kuzatiladi.
To‘g‘ri, har safar ham ketma-ket tomosha qilingan serial ijobiy hissiyot bermaydi va u ba’zan xotirada shunchaki fon kabi qoladi. Ammo agar voqealar yoki qahramonlar uzoq vaqt yodda saqlanib qolsa, bu tafakkur, ruhiy yengillik va ichki xotirjamlik hissi uchun yordam beradi.