25-06-2025 14:55
“Oʻzgidromet” agentligining xabar berishicha, ertaga Toshkent shahrida havo biroz bulutli, vaqti-vaqti bilan oʻzgaruvchan boʻladi, yogʻingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 3-8 m/s tezlikda esadi, baʼzi joylarda 10-12 m/s gacha kuchayadi, chang-toʻzonlar bilan kuzatiladi. Harorat kechasi 21-23 daraja, kunduzi 31-33 daraja boʻladi.