04-08-2025 09:46
Tashabbus muallifi partiya lideri va dumaning shu fraksiyasi rahbari Sergey Mironov hisoblanadi. Partiya matbuot xizmati ma’lumotiga ko‘ra, hujjat 4 avgust kuni parlamentga rasman kiritiladi.
Qonun loyihasi izohida qayd etilishicha, chora mamlakat milliy xavfsizligi, jamoat tartibini ta’minlash hamda Rossiya fuqarolarining huquqlarini himoya qilish maqsadida taklif etilgan. Taqiq Rossiya hududida yoki uning tashqarisida sodir etilgan og‘ir jinoyatlar uchun amal qiladi va sudlanganlik muddati o‘tgan yoki olib tashlangan bo‘lsa ham kuchda qoladi.
Mironovning ta’kidlashicha, bunday qonun migrantlar tomonidan takroriy og‘ir jinoyat sodir etilishi xavfini sezilarli darajada kamaytiradi. Shu orqali Rossiya fuqarolari xavfsizligini ta’minlaydigan qonuniy to‘siq yaratiladi.
Taklif etilgan choralar qabul qilinsa, migrantlar orasidagi potensial jinoyatchilarning mamlakatga kirishiga mutlaqo yo‘l qo‘yilmaydi.