10-09-2025 08:36
Qaror loyihasiga ko‘ra, O‘zbekistonda tungi iqtisodiyotni rivojlantirish doirasida Toshkent shahar tumanlari, Nukus shahri va viloyat markazlari hokimliklari tuzilmasida “tungi iqtisodiyot menejeri” lavozimi tashkil etilishi belgilanmoqda.
Ushbu lavozim shahar va tuman hokimlari o‘rinbosari maqomiga tenglashtirilib, ular uchun belgilangan mehnatga haq to‘lash shartlari tatbiq etiladi.
Menejerlar quyidagi yo‘nalishlar uchun mas’ul bo‘ladi:
Jami 25 ta yangi shtat birligi vazirlik va idoralar boshqaruv xodimlari hisobidan maqbullashtirish yo‘li bilan joriy etiladi. Toshkent, Nukus va viloyat markazlaridan tashqari hududlarda esa bu vazifalar shahar va tuman hokimlarining birinchi o‘rinbosarlariga yuklatiladi.