U o‘zini ishdan bo‘shatgan sud raisi buyrug‘idan norozi.
Qashqadaryo viloyatida sudya yordamchisi sifatida ishlagan fuqaro uni ishdan bo‘shatgan sud raisini sudga berdi.
Ma’lum bo‘lishicha, sobiq sudya yordamchisi Fuqarolik ishlari bo‘yicha Qarshi tumanlararo sudi raisi buyrug‘ini bekor qilish uchun aynan shu sudning o‘ziga murojaat qilgan.
Da’vo arizasida yozilishicha, ishdan bo‘shatilgan sudya yordamchisi Qarshi tumanlararo sudida 2023-yilning 3-aprel kunidan shu lavozimda ish boshlab, 2024-yilning 13-mayidan esa devonxona xodimi sifatida faoliyat yuritgan.
Da’vogarning qo‘shimcha qilishicha, sud raisi uni ishdan bo‘shatish uchun 3 kun oldin ogohlantirish berib, bu haqida yig‘ilish qilishi va uni rasman ogohlantirishi lozim bo‘lgan. Biroq bunday qilinmagan.