Kitobsevar erkak ovoz chiqarib oʻqish uchun 215 soat vaqt sarflab, yuzga yaqin kitoblarni odamlar bilan “baham” koʻrdi. Samson moliya, savdo, menejment, siyosat, salomatlik va ruhiy farovonlik kabi mavzulardagi kitoblarni oʻqidi. Rekordchi oʻz vatanida savodxonlikni oshirish va kitobxonlik madaniyatini shakllantirishga umid bog‘lashini qoʻshimcha qildi.
Har bir soat oʻqishdan soʻng, 27 yoshli Samson besh daqiqa dam oldi – shu vaqt ichida u ovqat yeyishi va suv ichishi, kiyimini almashtirishi yoki uxlashi mumkin edi. Toʻgʻri, rekordchi biron marta uxlashga ulgurmadi. Bundan tashqari, oldin kitobxon shifokorlar bilan maslahatlashib, qanday ichimliklar oʻqish davomida ovozini saqlab qolishga yordam berishini va shu bilan birga ichadigan suyuqligi tez-tez bezovta qilmasligini bilib oldi.