28-07-2025 12:02
Bu ko‘rsatkich iyul oyi oxiri uchun kuzatiluvchi me’yorlarga yaqin sanaladi.
Biroq namlikning ortishi harorat pastlashining ta’sirini kamaytirayotgani, ayniqsa, tungi soatlarda havoning dimligi bilan yaqqol sezildi.
28 iyuldan 1 avgustgacha bo‘lgan davrda mamlakat bo‘ylab haroratda katta o‘zgarishlar kutilmayapti. Ko‘pchilik hududlarda kunduzgi harorat 32–37 daraja atrofida, cho‘l va janubiy hududlarda esa 38–40 darajagacha yetishi mumkin.
Hafta davomida asosiy hududlarda yomg‘ir yog‘ishi kutilmayapti. Faqat Qoraqalpog‘iston va tog‘li hududlarda 28 iyul kuni kunduz qisqa muddatli yomg‘ir kuzatilishi ehtimoli bor.
Ayrim hududlarda shamol tezligi sekundiga 13–18 metrgacha kuchayishi, ba’zi hollarda esa chang-to‘zonlar kuzatilishi mumkin.
Toshkent shahrida ob-havo kam bulutli, asosan quyoshli kechishi kutilmoqda. Yomg‘ir kuzatilmaydi. Shamolning tezligi pastdan o‘rtachagacha bo‘ladi. Tungi harorat 21–24 daraja, kunduzgi harorat esa 34–37 darajani tashkil etadi.