BMT Inson huquqlari bo‘yicha Oliy komissari Bolker Tyurk idorasidagi yuzlab xodimlar unga murojaat qilib, G‘azodagi urushni «aniq ravishda davom etayotgan genotsid» sifatida tasvirlashni so‘radi. Bunga qadar ko‘plab inson huquqlari tashkilotlari va BMTning mustaqil ekspertlari Isroilning urushi – Falastin xalqini genotsid qilish ekanini tan olgan.