22-10-2025 10:50

O‘quvchilar quyidagi usullardan foydalangan holda o‘z loyihalarini ilgari surishlari mumkin:
Loyihaning 1-bosqichi doirasida 1, 2 va 4-toifaga kiritilgan 112 ta tumandagi 4 ming 987 ta maktab ishtirok etadi. Mazkur bosqichda ishtirok etayotgan 112 ta tuman ro‘yxati – bu yerda.
Loyiha kiritish bosqichi «Ochiq byudjet» portalida 31-oktyabrgacha davom etadi. Kiritilgan loyihalar 10-noyabrga qadar saralanib, 11-20-noyabr kunlari ovoz berish bosqichi bo‘lib o‘tadi. Bu mavsumda ishtirok etmayotgan qolgan maktablar dekabr oyida bo‘ladigan 2-mavsumda qatnashadi.
«Mening maktabim» doirasida o‘qituvchilar va maktab ma’muriyati uchun tovar va xizmatlarni xarid qilish taqiqlanadi. Bundan tashqari, quyidagicha loyihalar ilgari surilishiga yo‘l qo‘yilmaydi:
Har bir g‘olib maktabga tuman (shahar) byudjetidan BHMning 150 barobari – 61,8 mln so‘mgacha mablag‘ ajratiladi. Kiritiladigan loyihalar qiymati ana shu miqdordan oshmasligi kerak.
