22-10-2025 10:48

Joriy yilning 21-oktyabr kuni, Toshkent shahar jinoyat ishlari bo‘yicha Yangihayot tuman sudida MJtKning 41-1-moddasi bilan ayblangan sudlanuvchi M.A.ga nisbatan ish ko‘rib chiqildi.
Aniqlanishicha, M.A. 2025-yilning 14-oktyabr kuni Yangihayot tumani, Yangi turmush mahallasi Shokirariq ko‘chasida jabrlanuvchilar Z.F. yomon tush ko‘rganligi sababli o‘zini mullaga o‘qitish maqsadida tanishidan o‘qib qo‘yish uchun domla so‘rgan. Uning tanishi domla topdim deb bir notanish yigitni ularning yashash xonadoniga yuborgan. Z.F.ning tanishi o‘qib qo‘ygani uchun ushbu yigitga 3 mln 600 ming so‘m berishini aytgan.
Notanish yigit ularning xonadoniga o‘qish uchun kelib, oldin Z.F.ning jiyani A.O.ni oyog‘ining son qismidan ushlab, shahvoniy shilqimlik qilgan. Keyin sudlanuvchi M.A.ning oyoq sonlaridan, qo‘llaridan ushlab o‘pmoqchi bo‘lgan. Shundan so‘ng, Z.F. qo‘rqib ketib, IIB xodimlariga xabar berib, M.A.ga nisbatan qonuniy chora ko‘rishni so‘ragan.
Sud majlisida jabrlanuvchi A.O. ham yuqoridagi ko‘rsatmalarni tasdiqlab, ko‘rsatma bergan.
Sud hukmiga ko‘ra, M.A. MJtKning 41-1-moddasi bilan 5 sutka ma’muriy qamoq jazosiga tayinlandi.
