
Eurostar temir yo‘l kompaniyasi 2 milliard yevrolik yangi reja e’lon qildi. Unga ko‘ra, Buyuk Britaniya va Germaniyani bog‘lovchi La-Mansh tunnelida ikki qavatli poyezdlar qatnovi yo‘lga qo‘yiladi.

Xitoylik olimlar Oyning Yerga qarama-qarshi tomonidan olingan tuproq namunalarida noyob meteorit moddalari — karbon xondrit elementlarini aniqladi. Bu haqda Guanchjoudagi Geokimyo instituti tadqiqotchilari PNAS (AQSH Milliy fanlar akademiyasi materiallari) jurnalida chop etilgan maqolada ma’lum qildi.

Dunyo bo‘ylab yangi iPhone 17 haqida keng muhokamalar davom etayotgan bir paytda, Finlyandiya va Norvegiya aholisi eski Nokia telefonlariga qaytmoqda. Ilta-Sanomat nashrining xabar berishicha, afsonaviy Nokia 3310 modeli kutilmaganda Apple’ning so‘nggi flagmanini ortda qoldirib, sotuv bo‘yicha yuqori ko‘rsatkichlarga erishmoqda.

Prezidentning “Hududlarni barqaror ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish uchun tuman (shahar) hokimliklari faoliyatini tubdan takomillashtirishga doir qo‘shimcha chora tadbirlar to‘g‘risida”gi farmoni (PF-186-son, 21.10.2025 y.) qabul qilindi.

Luvr muzeyi o‘g‘irlangan zargarlik buyumlarining qiymatini 88 million yevroga baholadi. Parij prokurori olmos bilan bezatilgan asarlar maydalab yoki eritib yuborilsa, bozordagi narxi tushishini aytdi. «Ehtimol, o‘g‘rilar buni o‘ylab ko‘rishar va zargarlik asarlarini vayron qilishmas», - dedi prokuror Lor Bekko.