O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Xitoy Xalq Respublikasiga rasmiy tashrifining tadbirlarga boy dasturi yakuniga yetdi. Davlatimiz rahbari 31 avgust kuni rafiqasi bilan birga Tyanszin shahridagi “Meyszyan” kongress markazida Shanxay hamkorlik tashkiloti sammitining norasmiy tadbirlarida ishtirok etdi.