
Shavkat Mirziyoyev huzurida bo‘lib o‘tgan kengaytirilgan yig‘ilishda joriy yilda iqtisodiyotda kutilayotgan natijalar va 2026-yil uchun mo‘ljallangan asosiy makroiqtisodiy ko‘rsatkichlar muhokama qilindi. Bu haqda prezident matbuot xizmati xabar berdi.

2026-yil 1-yanvardan boshlab moped va skuterlarni, shuningdek, eng yuqori konstruktiv tezligi soatiga 25 kilometrdan oshmaydigan mototransport vositalarini boshqarish uchun haydovchilik guvohnomasida «A1» kichik toifasi joriy etiladi.

Ijtimoiy tarmoqlarda bolalar orasida mavsumiy o‘tkir respirator virusli kasalliklarga o‘xshash, lekin ich ketish va qayt qilish simptomlari bo‘lgan infeksiya tarqalayotgani bilan bog‘liq xabarlar e’lon qilinmoqda. Sog‘liqni saqlash vazirligi ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan xabarlar yuzasidan rasmiy munosabat bildirdi.

Vazirlar Mahkamasining 21-oktyabrdagi 662-sonli qaroriga muvofiq, umumta’lim muassasasining direktori va uning o‘rinbosarlariga faoliyat samaradorligi ko‘rsatkichlari (KPI) natijasiga ko‘ra har oylik ustamalar to‘lash tartibi belgilandi.