Shuningdek, u Isroil harbiylari tomonidan Falastinning HAMAS siyosiy byurosi rahbari Yahyo Sinvarning o‘ldirilishi bu tashkilotning “oxirgi kunining boshlanishi” ekanligini aytdi.
Isroil vazirlar mahkamasi rahbarining ta’kidlashicha, G‘azo sektoridagi harbiy amaliyot HAMAS rahbarini “tugatish bilan tugamagan” va radikallar tomonidan garovga olinganlar ozod etilmaguncha “to‘liq quvvatda” davom etadi.
“Bizga zarar yetkazadiganlar bilan nima sodir bo‘lishini yana bir bor ko‘rsatdik. Bugun men Yahyo Sinvar yo‘q qilinganini e’lon qilaman. Ammo urush bu bilan tugamadi. Yovuzlik dahshatli zarba oldi, ammo bizning vazifamiz hali tugamagan", – dedi Netanyahu.
Uning so‘zlariga ko‘ra, Sinvarning yo‘q qilinishi "urushdagi muhim lahzadir".
"Biz barcha garovga olinganlarni uyga qaytarish uchun bor kuchimiz bilan kurashishda davom etamiz", – deya qo‘shimcha qildi u va bu uning "shaxsiy muqaddas burchi" ekanligini ta’kidladi.
"Men G‘azo aholisiga aytmoqchiman: uning (Sinvar - TASS eslatmasi) tugatilishi G‘azo sektorida endi hukmronlik qilmaydigan HAMAS rejimini tugatish yo‘lidagi muhim bosqichdir", – deya davom etdi u.
Netanyahu Falastin harakati jangarilariga murojaat qilar ekan, ularning "rahbarlari qochib ketmoqda va ular yo‘q qilinadi" dedi. Ularni "taslim bo‘lishga” va "garovga olinganlarni qaytarishga" chaqirdi, shundan so‘ng Isroil ularga "ketish va yashash imkoniyatini beradi”.