27-10-2025 09:48

Viloyat FVB matbuot xizmatining bildirishicha, “Nazarbek” MFY, Hurriyat ko‘chasida joylashgan sexdagi yong‘in haqida 26-oktyabr kuni soat 20:06 da 112 tizimi orqali xabar qilingan. Voqea joyiga 8 ta yong‘in-qutqaruv ekipaji soat 20:17 da yetib borib, soat 20:51 da yong‘in o‘rab olingan va soat 21:40 da o‘chirilgan.
Xabarda sexning qancha qismi yong‘indan zarar ko‘rganiga aniqlik kiritilmagan. Tan jarohati olganlar to‘g‘risida murojaat kelib tushmagan. Iyun oyida Toshkentning Sergeli tumanidagi mebel tayyorlash sexlarining birida yong‘in sodir bo‘lgandi. Avgustda Toshkentning Yangihayot tumanida joylashgan qog‘ozni qayta ishlash sexida yong‘in yuz bergandi.
