03-12-2025 13:06

2 dekabr kuni Sirdaryo viloyati, Guliston shahridagi «Uz Bek Family» korxonasiga qarashli ovqatlanish shoxobchasida gaz va havo aralashmasining chaqnashi tufayli yong‘in yuz berdi. Baxtsiz hodisa oqibatida 29 nafar fuqaro turli darajada tan jarohati olgan, ulardan 3 nafari vafot etgan.
FVV xabariga ko‘ra, jabrlanganlarga zarur yordam ko‘rsatish, hodisa sabablarini aniqlash hamda kelgusida bunday baxtsiz hodisalarni oldini olish maqsadida prezident Shavkat Mirziyoyev topshirig‘iga muvofiq bosh vazir o‘rinbosari Ochilboy Ramatov boshchiligida hukumat komissiyasi tuzildi.
