23-10-2025 08:07

Sleyter Jons ismli zargar og‘ir kasallik tufayli o‘ng ko‘zidan butunlay ayrilgan. Ko‘z protezi o‘rniga u o‘ziga xos yechim topdi – sun’iy ko‘zga olmos qo‘shishga qaror qildi. U bu g‘oyasini hayotga tatbiq etish uchun tajribali mutaxassis Jon Limgа murojaat qilgan.
Bu protez nafaqat tibbiy vosita, balki san’at asariga aylangan. Jon Limning so‘zlariga ko‘ra, u shu kungacha 10 mingga yaqin sun’iy ko‘z tayyorlagan, eng kichik bemori 6 haftalik chaqaloq, eng yoshi kattasi esa 101 yoshda bo‘lgan. Ammo Sleyter Jonsning ko‘zi material jihatidan eng qimmatlisi bo‘lib chiqqan.
Markazida 2 qirotli haqiqiy olmos o‘rnatilgan bu noyob protez yorug‘likda yaltirab turadi va Jons ishtirokidagi har qanday suhbatda e’tiborni o‘ziga tortadi.
Ushbu noodatiy ko‘z ijtimoiy tarmoqlarda katta shov-shuvga sabab bo‘ldi. Kimdir zargarning ijodiy yondashuvini olqishlasa, boshqalar esa uning xavfli ekanligini aytmoqda.
Jonsning noyob protez ko‘zi hozirda TikTok va Instagram foydalanuvchilari orasida katta qiziqish uyg‘otmoqda.
