22-10-2025 11:02

Bu haqda 17-oktyabr kuni Beeline, 21-oktyabrda esa Mobiuz xabar berdi. RTV barcha operatorlar texnologiyani joriy etayotganini ma’lum qildi. Bu funksiya avtomatik tarzda barcha abonentlarda ishlaydi va bepul bo‘ladi.
«Antispufing» tizimi raqamning haqiqiyligini tekshiradi: agar xorijdan kelayotgan qo‘ng‘iroq O‘zbekistondagi haqiqiy foydalanuvchidan emas, balki mahalliy sifatida niqoblangan (+998 prefiksi bilan) raqamdan bo‘lsa, tizim uni bloklaydi, deb xabar berdi Beeline.
O‘zbekiston mobil operatorlarining go‘yoki rouming raqamlaridan bo‘lgan qo‘ng‘iroqlar ham bloklanadi. Tizim SIM-karta yordamida qurilmaning haqiqiy joylashuvini tekshiradi va, agar abonent uy tarmog‘ida ro‘yxatdan o‘tgan bo‘lsa, qo‘ng‘iroq avtomatik ravishda bloklanadi.
Xabarda ta’kidlanishicha, yangilik RTV tashabbusi va ko‘magida amalga oshirilayotgan telefon firibgarligiga qarshi kurash bo‘yicha keng ko‘lamli dasturning bir qismi hisoblanadi.
Mobiuz’ning xabar berishicha, anti-spoofing texnologiyasi sentyabr oyida joriy etilgan va bir oydan beri xalqaro firibgarlarning qo‘ng‘iroqlari bloklanmoqda. Robotli qo‘ng‘iroqlarni avtomatik blokirovka qilish tizimlari ham joriy qilingan.
«Tizim avtomatik ravishda qo‘ng‘iroqlarning haqiqiyligini tekshiradi va shubhali ulanishlarni abonentga yetib borgunga qadar bloklaydi», — deyiladi kompaniya xabarida.
