22-10-2025 10:06

Tadqiqot jarayonida yodgorlik atrofi ham batafsil ko‘zdan kechirilib, sarg‘ish-qizil tusdagi tabiiy ma’dan bo‘yoqlar bilan chizilgan ko‘plab qoyatosh rasmlar aniqlandi. Ushbu rasmlar orasida qo‘l panjalari va inson tasvirlari alohida e’tiborni tortmoqda. Mutaxassislarning fikricha, mazkur tasvirlar Ko‘ktonli neolit yodgorligi madaniy qatlamlari bilan bevosita bog‘liq bo‘lishi mumkin.
Shuningdek, shunga o‘xshash qoyatosh tasvirlar ilgari Qashqadaryo viloyatida joylashgan Siypantosh yodgorligida ham aniqlangan edi. Ayni paytda Ko‘ktonli neolit yodgorligida ilmiy-tadqiqot ishlari davom ettirilmoqda.
