Namangan viloyati To‘raqo‘rg‘on tumani fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalari kengashining mansabdor xodimio‘zining turmush o‘rtog‘iga dehqonchilik qilish uchun ajratib berilgan 1 gektar yerni tanishlari orqali xaridor nomiga rasmiylashtirib berish evaziga 10 ming AQSH dollari talab qilib, 6900 AQSH dollari va 15 mln. so‘m olgan vaqtida ushlandi.
Majburiy ijro byurosining bo‘lim katta inspektori Hakimjon Ikromovning O‘zAga ma’lum qilishicha, aliment undiruvi 2024-yil 1-sentyabrdan boshlab, qarzdorning nafaqasiga qaratilgan ijro hujjatlari bo‘yicha to‘lanadigan aliment miqdori 15 foizga, 1-oktyabrdan boshlab, qarzdor pedagog xodimlarning ish haqiga qaratilgan ijro hujjatlari bo‘yicha to‘lanadigan aliment miqdori 15 foizga, xususiy sektor va byudjet tashkilotlarida faoliyat yurituvchi qarzdorlarning ish haqiga qaratilgan ijro hujjatlari bo‘yicha to‘lanadigan aliment miqdori esa 10 foizga oshadi.
Prezident Farmoniga ko‘ra, 2024 yilning qolgan davrida 500 ming, 2025 yilda 1 million nafar aholini kambag‘allikdan chiqarish davlat ijtimoiy-iqtisodiy siyosatining hamda barcha darajadagi davlat organlari va tashkilotlarining birinchi darajali vazifasi etib belgilandi.