20-08-2025 05:49
Ma’lum qilinishicha, ijtimoiy himoya milliy agentligi tomonidan 2025-yil avgust oyi uchun 606,6 mingta kam ta’minlangan oilalarga jami 332,9 mlrd so‘m mablag‘lar AT «Xalq banki» ga to‘liq moliyalashtirildi.
Shundan:
O‘z navbatida kam ta’minlangan oila sifatida nafaqa oluvchi 533,2 mingta oilalarga (yoki jami oluvchilarning 87,9 foizi) bank kartalari orqali to‘lovlar amalga oshiriladi.
Amaldagi qonunchilik talablariga muvofiq nafaqa pullarini naqd shaklda oluvchi oilalarga joriy oy to‘lovlari Xalq bankining sayyor kassalari tomonidan oyning 27-sanasiga qadar yetkazib berilishini ma’lum qilamiz.
Ma’lumot uchun: Joriy yilning iyul oyida yangi 86 063 ming ta kam ta’minlangan oilalar «Ijtimoiy himoya yagona reyestri» axborot tizimiga kiritildi.