Bugun Prezident Shavkat Mirziyoyev Olmaliq kon-metallurgiya kombinatiga tashrif buyuradi.
Davlat rahbari u yerda sanoat tarmoqlari uchun muhandislarni tayyorlash maktabi hamda «Yoshlik-1» konini o‘zlashtirish ishlari bilan tanishadi, mis boyitish bo‘yicha yangi quvvatlar qurilishiga start beradi.
Shuningdek, Prezident raisligida Toshkent viloyatini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish vazifalari yuzasidan yig‘ilish o‘tkazilishi rejalashtirilgan.