Tashqi savdo operatsiyalari bo‘yicha valyuta nazorati yanada takomillashtiriladi
Farmon (PF-156-son, 14.10.2024-y) bilan Prezidentining ayrim hujjatlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritildi.
Unga ko‘ra, ayrim hujjatlarga quyidagilarni nazarda tutuvchi o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritildi:
— bojxona to‘lovlarini kechiktirib to‘lash muddatlarini birxillashtirish va ularning 120 kundan oshmasligini belgilash;
— tashqi savdo operatsiyalarida muddati o‘tgan debitor va kreditor qarzdorliklarni hisoblash hamda aktivlarni repatriatsiya qilish tartibini takomillashtirish.