21-10-2025 09:44
Raqamli hukumat platformasi orqali davlat organlari o‘rtasida inson omilisiz ma’lumotlarning almashinuvi yo‘lga qo‘yildi.
Startaplarga o‘zining dasturiy mahsulotini Raqamli hukumat platformasiga integratsiya qilib, undagi ma’lumotlardan foydalanishga ruxsat berildi.
Lekin sun’iy intellektni jadal rivojlantirish uchun bularning o‘zi yetarli emasligi ko‘rsatib o‘tildi.
Vazirlik va idoralardagi ma’lumotlar har xil serverlarda tarqoq saqlanayotgani, ularning formatlari turlicha bo‘lgani uchun ham ishlar sust ketyapti.
Shu bois, yil yakuniga qadar vazirlik va idoralardagi 55 ta, kelasi yil qolgan barcha ma’lumotlar bazalarini Elektron hukumat yagona data-markaziga o‘tkazish topshirildi. Bundan buyon vazirlik va idoralar ma’lumotlarni o‘z serverlarida saqlashiga yo‘l qo‘yilmaydi.