Moped va skuter haydovchilari uchun haydovchilik guvohnomasi majburiy etilishi, chiroyli avtoraqamlarni birja orqali sotish bekor qilinishi, subsidiya va grantlarni ijtimoiy karta orqali taqdim etish — qonunchilikdagi ana shunday qator o‘zgarishlar kelasi oydan amal qila boshlaydi.
Shota Rustaveli ko‘chasi Shahrisabz ko‘chasidan Cho‘pon ota ko‘chasigacha avtotransport harakatlanishi uchun ochildi. Shaharning asosiy arteriyalaridan birida harakatlanish yo‘lga qo‘yildi. Cho‘pon ota ko‘chasidan Yangi Sergeli ko‘chasigacha bo‘lgan qismda esa ishlar jadal sur’atda davom etmoqda.
«Kredit byurolarining axborot xavfsizligi va kiberxavfsizligiga doir minimal talablar to‘g‘risida«gi nizom Adliya vazirligida davlat ro‘yxatidan o‘tkazildi. Mazkur Nizom kredit byurolarining axborot tizimlarida axborot xavfsizligi va kiberxavfsizlikni ta’minlashga doir minimal talablarni belgilaydi.
Vazirlar Mahkamasi huzurida Yengil sanoatni rivojlantirish agentligi tashkil etiladi. Bu haqda Prezident “Yengil sanoat sohasida yuqori qo‘shilgan qiymatli mahsulotlar ishlab chiqarish va eksport hajmini oshirish uchun qo‘shimcha shart-sharoitlar yaratish to‘g‘risida”gi farmoni (PF–174-son, 19.09.2025 y) nida belgilandi.