
O‘zbekiston Sog‘liqni saqlash vazirligi tizimidagi tibbiyot muassasalarida pulli xizmat ko‘rsatish tartibi tasdiqlandi. Hukumatning 11-noyabrdagi qarori bilan tasdiqlangan nizomga ko‘ra, tibbiyot muassasasiga mijoz rejali tibbiy yordam olish uchun tegishli yo‘llanmasiz, o‘z ixtiyori bilan murojaat qilganda, tibbiy yordam belgilangan tartibda pulli asosda ko‘rsatiladi.

Hukumat qarori (715-son, 11.11.2025 y.) bilan “Ijtimoiy himoya fidoyisi” ko‘krak nishoni to‘g‘risida”gi nizom tasdiqlandi. Nizom “Ijtimoiy himoya fidoyisi” ko‘krak nishoni bilan taqdirlash tartibini belgilaydi.

Jahon madaniy va tabiiy merosini muhofaza qilish to‘g‘risidagi Konvensiyaga a’zo davlatlar O‘zbekiston Madaniyat va san’atni rivojlantirish jamg‘armasi raisi, YUNESKO ishlari bo‘yicha Milliy komissiya rahbari Gayane Umerovani mazkur nufuzli tuzilma Bosh Assambleyasi 25-sessiyasining raisi etib sayladi.

Avtomobilda bosib o‘tilgan yo‘lni o‘zgartirish yoki odometrni almashtirish to‘g‘risida xaridorlarni xabardor qilmaganlik uchun ma’muriy javobgarlik joriy etilishi rejalashtirilmoqda.