Afg‘oniston konchilik va neft vazirligi xabariga ko‘ra, ayni paytda ushbu hududlarda 24 ta quduq ishlamoqda, ulardan kuniga 1,3 ming tonna neft qazib olinmoqda.
Mahalliy ekspertlar mutasaddilarga aniq va mutanosib reja asosida yangi quduqlar qazishni, qazib olingan neftni qayta ishlash uchun investorlarni jalb qilishni tavsiya qilmoqda.
«Afg‘oniston potensial jihatdan boy tabiiy resurslarga ega, ammo afsuski, bizda bu resurslarni qayta ishlash uchun zamonaviy uskunalar yo‘q», – dedi iqtisodiy ekspert Abdul Zahur Madaber.
U qayta ishlash uskunalarini olib kirishda boshqa davlatlar bilan hamkorlik qilish zarurligini ta’kidladi.
«Tabiiy resurslarni qazib olish va qayta ishlash yangi ish o‘rinlarini yaratishi va Afg‘onistonda inflyatsiyani kamaytirishga ijobiy ta’sir ko‘rsatishi mumkin», – dedi mustaqil iqtisodchi ekspert Mohammad Asif Stanekzay.
Konchilik va neft vazirligining statistik ma’lumotlariga ko‘ra, hozirda Afg‘onistonning neftga bo‘lgan ehtiyojining atigi 10 foizi ichki manbalar hisobidan qondirilmoqda.