O‘zbekistonda doimiy aholi soni har kuni o‘rtacha 2 ming kishiga oshmoqda.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Statistika agentligi ma’lumotlariga ko‘ra, 2024-yilning 1-oktyabr holatiga respublikamizning doimiy aholisi 37,4 mln kishini tashkil etgan.
Respublikamizning doimiy aholisi soni o‘tgan yilning mos davri bilan solishtirilganda 2,1 foizga oshgan.
Mamlakatimiz aholisi 2024-yil boshidan buyon 555,6 ming kishiga ko‘paygan.
O‘zbekiston aholisi 2024-yilning har bir oyida o‘rtacha 61,7 ming kishiga oshgan.
2024-yilning har bir kunida doimiy aholi soni o‘rtacha 2 ming kishiga ko‘paymoqda.