Din ishlari boʻyicha qoʻmita fuqarolarni litsenziyasi boʻlmagan “tur agentliklardan” ogohlikka chaqirdi.
“Umra” tadbirlarini tashkil etish va oʻtkazish faoliyatini amalga oshirish uchun yakka tartibdagi litsenziya berish boʻyicha Tanlov komissiyasining qaroriga muvofiq, quyidagi talabgorlar tanlov gʻolibi deb topilgan.
Unga koʻra:
“Ihlos travel 1” MCHJ (Andijon viloyati, Andijon shahar, Oʻzbegim MFY, Bobur shox koʻchasi 40v-uy);
“Yuksak travel Air” XK (Fargʻona viloyati, Margʻilon shahar, B.Margʻiloniy koʻchasi 3b-uy);
“Muhtasham travel” MCHJ (Namangan viloyati, Namangan sh, Shodlik MFY, A.Navoiy koʻchasi 2/1-uy, 3s-xonadon);
“Musaffo turizm xizmati” MCHJ (Namangan viloyati, Namangan shahar, Bobur mavzesi 10,4-uy);
“Risola travel lux” MCHJ (Namangan viloyati, Namangan shahar, Uychi koʻchasi 1-uy);
“Xorazm umra jamiyati” MCHJ (Xorazm viloyati, Urganch shahar, P.Mahmud koʻchasi 350-uy);
“Real Dreams” MCHJ (Toshkent shahar, Olmazor tumani, Zarqaynar 14-berk koʻchasi, 75-uy);
“Travel with family” MCHJ (Toshkent shahar, Olmazor tumani, Kichik halqa yoʻli 21-uy);
“Sofa Marva tour” MCHJ (Toshkent shahar, Olmazor tumani, Ziyo MFY, Kichik halqa yoʻli 19-uy);
“B2 Management” MCHJ (Toshkent shahar, Yakkasaroy tumani, Oʻrikzor koʻchasi 124-uy);
“Safar time exclusive” MCHJ (Toshkent shahar, Chilonzor tumani, 2-Charx Kamolon MFY, Bunyodkor koʻchasi 2-uy)
Maʼlumot oʻrnida, “Umra” tadbirlarini tashkil etish va oʻtkazish boʻyicha faoliyat uchun litsenziya olish sohasidagi huquqbuzarliklar uchun yuridik shaxslarga BHMning 200 baravari (75 mln soʻm) jarima belgilangan.