Bugun, 22-noyabr kuni Moskvadan Namanganga uchayotgan samolyot quyuq tuman tufayli Toshkentdagi muqobil aeroportga yo‘naltirildi. Bu haqda “Tashkent Sky News” xabar berdi.
“Ural” aviakompaniyasining Moskvadan Namanganga yo‘lovchi SVR2611 yo‘lovchi reysi ekipaji yetib kelish aeroportidagi tuman tufayli Toshkentdagi Islom Karimov nomidagi muqobil aeroportga jo‘nab ketishga qaror qilgan. Bunga ko‘rish imkoniyatining nolga teng ekani sabab bo‘lgan.
Eslatib o‘tamiz, kecha, 21-noyabr kuni Uzbekistan Airways aviakompaniyasining Novosibirsk – Farg‘ona yo‘nalishidagi HY-670 reysi ob-havo sharoiti yomonlashgani sababli Namangan muqobil aeroportiga yo‘naltirilgandi.