Xorazm viloyatida qaynota kelinini vahshiylarcha urib o‘ldirdi.
Malum bo‘lishicha, voqea Gurlan tumanida sodir bo‘lgan. Ayolning eri ishlash uchun Rossiyaga ketgan. 3 bola bilan yolg‘iz qolgan ayolni esa qaynotasi urib o‘ldirib qo‘ygan. Qaynota kelinni do‘pposlayotgan vaqtda qaynona eshiklarni tashqarisidan yopib turgani aytilmoqda.
Prokuraturaning ma’lum qilishicha, hozirda gumonlanuvchilar hibsga olingan. Holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 97-moddasi (Qasddan odam o‘ldirish) 1 qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Hozirda viloyat prokuraturasi tomonidan tergov harakatlari olib borilmoqda.