
Raqobat qo‘mitasi iste’molchilarni biologik faol qo‘shimchalarni «dori» sifatida taqdim etayotgan reklamalarga ishonmaslikka chaqirdi. Hozirga qadar qo‘mitaga ushbu mahsulotlar bo‘yicha 2 345 dan ortiq fuqarolik murojaatlari kelib tushgan.

2024-yil yakuni bo‘yicha O‘zbekistonda faoliyat yuritayotgan maktabgacha ta’lim tashkilotlari soni 38 058 tani tashkil etgan. Ularning 28 729 tasini oilaviy nodavlat maktabgacha ta’lim tashkilotlari tashkil etadi.

2026-yil 1-yanvardan O‘zbekistonda davlat ijtimoiy sug‘urtasining yangi tizimi joriy etiladi.

Qashqadaryo viloyatida aholining xususiy mulk huquqlarini himoya qilish va ularni qonuniylashtirish borasida amalga oshirilayotgan ishlar samara bermoqda. Ayni paytga qadar o‘z ko‘chmas mulkiga egalik huquqi e’tirof etilgan fuqarolar soni 3 ming 63 nafarga yetdi.